
- 2
- 02.09.2026 20:58:00
- 1 min read
Singapurda sayyoh zargarlik do‘konidan qariyb 200 ming dollarlik olmosni og‘ziga yashirib o‘g‘irlagan.
Erkak do‘konga xaridor sifatida kirib, xodimlar chalg‘igan paytda olmosni olib, og‘ziga yashirgan. Xodimlar tosh yo‘qolganini tezda payqab, politsiya kelguncha do‘konni tark etishiga yo‘l qo‘ymagan.
U avvaliga aybini tan olmagan. Tibbiy ko‘rik va rentgen tekshiruvida uning hazm qilish tizimida yot jism borligi aniqlangan. Olmos chiqarib olingach, erkak aybiga iqror bo‘lgan.
Sud uni 2 yil-u 4 oyga ozodlikdan mahrum qildi.