
- 2
- 22.08.2026 16:09:00
- 1 min read
Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida Nexia-2 va KamAZ yuk mashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida Nexia-2 salonida bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘ldi.
Hodisa 22-avgust kuni Qorabutaq—Qizilo‘rda—Chimkent avtomobil yo‘lining Birkazan tumani hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. FVV halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda.