
- 1
- 10.08.2026 14:36:00
- 1 min read
9-avgust kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida M-34 avtomobil yo‘lida Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi burilayotgan vaqtda chap bo‘lakda kelayotgan Captiva’ni o‘tkazib yubormagan. Kuchli zarba oqibatida yengil avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Afsuski, Captiva haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.