Ispaniyaga dengiz orqali minglab migrantlar kirib keldi

Ispaniyaga dengiz orqali minglab migrantlar kirib keldi
  • 0
  • 31.07.2026 11:02:00
  • 1 min read

30-iyul kuni 2–3 mingga yaqin migrant Marokashdan dengiz orqali suzib o‘tib, Ispaniyaning Shimoliy Afrikadagi Seuta anklaviga kirib keldi. Seuta va Melilya — Ispaniyaning Shimoliy Afrikadagi muxtor shaharlari bo‘lib, Yevropa Ittifoqining Afrika bilan yagona quruqlikdagi chegarasi hisoblanadi. Shu sababli bu hududlarda migrantlarning chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlari tez-tez kuzatiladi.

Vaziyat keskinlashgani sabab Ispaniya hukumati hududga qo‘shimcha politsiya va harbiy kuchlarni yubordi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgan. Ispaniya Ichki ishlar vazirligi noqonuniy migratsiya ko‘payishiga qarshi kurashish uchun Marokash bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini bildirdi.

Mutaxassislar bu holatni 2021-yildagi migratsiya inqiroziga o‘xshatmoqda. O‘shanda ham bir necha kun ichida qariyb 10 ming migrant Seutaga kirib kelgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News