O‘g‘rilar katta tezlikda ketayotgan yuk mashinasini tunadi

O‘g‘rilar katta tezlikda ketayotgan yuk mashinasini tunadi
  • 2
  • 29.08.2026 13:48:00
  • 1 min read

Misrda o‘g‘rilar katta tezlikda harakatlanayotgan yuk mashinasidan 105 kilogramm tovuq go‘shtini o‘g‘irladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari voqeani “Forsaj” filmlaridagi sahnalarga o‘xshatdi.

Hodisani aks ettirgan videoda ikki erkak katta tezlikda ketayotgan yuk mashinasidan qutilarni pikapga tashlayotgani ko‘rinadi. Yuk mashinasi haydovchisi 4 tonna tovuq go‘shtini olib ketayotgan bo‘lgan va o‘g‘rilikni sezmagan. Yetishmayotgan 105 kilogramm mahsulotni u voqeadan keyin aniqlagan.

Politsiya tergov davomida 6 kishidan iborat guruhni aniqlagan. Gumondorlarning barchasi avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularni qo‘lga olish vaqtida gumondorlar politsiyaga qarata o‘q uzgan. Natijada 3 gumondor yo‘q qilingan, yana 3 nafari qo‘lga olingan. Ulardan qurol va jinoyatda foydalanilgan avtomobil musodara qilingan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News