
- 0
- 20.10.2025 15:15:00
- 1 min read
Fransiyaning Parij shahridagi Luvr muzeyida 19-oktabr kuni Napoleonga tegishli to‘qqiz dona qimmatbaho zargarlik buyumi o‘g‘irlab ketildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3–4 kishidan iborat tajribali o‘g‘rilar guruhi Sena daryosi yaqinidagi xizmat yo‘lagi orqali muzeyga kirib, o‘g‘rilikni 4–7 daqiqa ichida amalga oshirgan. O‘g‘irlangan buyumlar orasida tiara, marjon va brosh kabi tarixiy taqinchoqlar bor. O‘g‘irlangan tojlardan biri muzey tashqarisida buzilgan holda topilgan. Zarar miqdori hozircha aniqlanmagan. Luvr muzeyi vaqtincha yopilgan, tergov ishlari davom etmoqda.