
- 1
- 02.10.2025 07:48:00
- 1 min read
NASA rahbari Shon Daffi xalqaro astronavtika kongressida AQSHning Oy bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2035-yilgacha Oyda inson doimiy yashashi uchun butun bir qishloq barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu baza Oy yuzasida topilgan materiallardan qurilib, yadro reaktori orqali energiya bilan ta’minlanadi va astronavtlarni muntazam qabul qiladi.
2026-yil fevralda “Artemida-2” missiyasi amalga oshiriladi. Unda astronavtlar 10 kun davomida Oy atrofida parvoz qiladi. Bu 1972-yildan beri birinchi marta sodir bo‘ladi va 2027-yilda Oyga qo‘nish uchun tayyorgarlik vazifasini bajaradi. NASA uzoq muddatli maqsad sifatida insonni Marsga qo‘ndirish ustida ham ishlamoqda.