
- 0
- 17.09.2025 09:41:00
- 1 min read
Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida “Tolibon” rasmiylari Wi-Fi xizmatlarini o‘chirib, butun mamlakat bo‘ylab optik tolali internetni to‘xtatdi. Afg‘onTelecom va boshqa provayderlar kabel internetini uzib qo‘ydi, ammo mobil tarmoqlar ishlashda davom etmoqda.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, bu qaror “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda topshirig‘i bilan “axloqsizlikning oldini olish” sifatida izohlangan. Mutaxassislar internetning cheklanishi savdo-sotiq, ta’lim va shaharlardagi hayot sifatiga salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidlamoqda.