
- 18
- 04.10.2025 14:07:00
- 1 min read
Sport-Ekspress nashriga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassisning maoshi murabbiylar shtabi xarajatlarini ham o‘z ichiga olgan holda yiliga taxminan 4 million yevroni tashkil qiladi.
“Oltin to‘p” sohibi dastlab Italiya yoki boshqa Yevropa davlatlaridan taklif kutgan. Shu bois Markaziy Osiyoda ishlash taklifiga rozilik berishga shoshilmagan. Unga “oq bo‘rilar”dan tashqari Qozog‘iston ham taklif bergan.
Biroq, Kannavaro O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifini qabul qilib, bir yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Agar O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida omadli qatnashsa, shartnoma uzaytirilishi mumkin.
Italiya matbuoti murabbiylar shtabiga Kannavaroning 44 yoshli ukasi Paolo Kannavaro ham qo‘shilishi mumkinligini yozmoqda. Paolo 2024-yil noyabr oyida Italiya C seriyasi vakili “Pro Verchelli” klubidan ketganidan beri ishsiz edi.