
- 2
- 04.11.2025 16:00:00
- 1 min read
Parijdagi mashhur Luvr muzeyiga amalga oshirilgan 88 million yevrolik o‘g‘rilik tergovida muzey xavfsizlik tizimidagi jiddiy kamchiliklar oshkor bo‘ldi. Sud hujjatlari va Fransiya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, muzeyning kuzatuv kameralariga kirish paroli “Luvr” bo‘lgan. Natijada “yuz yilning o‘g‘irligi” deb atalgan hodisa sodir bo‘lgan. Parolning oddiyligi ijtimoiy tarmoqlarda ham tanqid va kulgi mavzusiga aylangan. Hodisada ikki shaxs Apollo galereyasiga kirib, 88 million yevrolik o‘g‘rilikni amalga oshirgan. O‘g‘irlik vaqtida kameralar tasvirlari noaniq va yetarli bo‘lmagan.
Tergov davomida yetti kishi ushlangan. Parij bosh prokuroriga ko‘ra, o‘g‘rilikni sodir etganlar professional jinoiy guruh emas, oddiy jinoyatchilar amalga oshirgan. Ular muzey ichida atigi 4 daqiqa bo‘lgan va soat 09:38 da tashqarida kutib turgan ikki skuterda qochib ketgan. Shundan soʻng jinoyatchilar mashinaga oʻtirib ketgan.