
- 9
- 05.11.2025 15:23:00
- 1 min read
Prezidentning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan qaroriga koʻra, kam uchraydigan (orfan) va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish kengaytirildi. Davlat byudjeti hisobidan bepul davolanish mumkin boʻlgan kasalliklar soni 5 tadan 10 taga oshirildi, bemorlar dorilar, maxsus ovqat va tibbiy jihozlar bilan 99% darajada taʼminlanadi.
2026-yil 1-yanvardan shunday xastaliklarga chalingan 18–21 yoshdagi bemorlar ham bepul tibbiy kuzatuv va davolanish imkoniyatiga ega boʻladi.