O‘zbekistonda ajrimlar soni oshdi: asosiy sabab — xarakter mos kelmasligi

O‘zbekistonda ajrimlar soni oshdi: asosiy sabab — xarakter mos kelmasligi
  • 3
  • 04.11.2025 15:03:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda ajrimlar soni oshdi: asosiy sabab — xarakter mos kelmasligi

Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida mamlakatda nikohdan ajralishlar soni ortayotgani ta’kidlandi. 2024-yilda 271 mingdan ortiq nikoh tuzilgan bo‘lsa, 45 mingdan ziyodi ajrim bilan yakunlangan. Eng ko‘p ajrim Toshkent shahrida (5 913 ta), Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

Sudlarda 2024-yilda ko‘rib chiqilgan 32 mingdan ortiq ajrim ishlarining:

* 54 foizida xarakter to‘g‘ri kelmasligi,
* 6 foizida boshqa munosabatga kirishish,
* 4 foizida oilaga tayyor emaslik,
* 3 foizida o‘zaro ishonchsizlik sabab bo‘lgan.

Shuningdek, 2025-yilning 9 oyida 50 mingdan ortiq er-xotin sudga murojaat qilgan, shundan 27 mingdan ziyodining nikohi bekor qilingan.
Majlisda erta nikoh masalasi ham ko‘tarildi: so‘nggi 5 yilda 391 ta holatda nikoh yoshi qisqartirilgan, 2025-yilda esa 15–17 yoshdagi 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga berilgan. Natijada, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga bu borada parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News