
- 6
- 30.09.2025 08:00:00
- 1 min read
21-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahri, Fatih tumanida yashovchi 36 yoshli o‘zbekistonlik ayol ijarada turgan uyida bo‘g‘zidan pichoqlangan holda topildi. Ayolning dugonalari bir necha kun davomida bog‘lana olmagach, uy egasi bilan birga eshikni chilangar yordamida ochishgan va ayolning jasadini topishgan. Nazorat kameralaridagi tasvirda marhuma 17-sentabr kuni bir erkak bilan uyga kirib ketgani va bir kun o‘tgach erkakning yolg‘iz o‘zi qaytib chiqqani aks etgan.
Gumondor shaxs mudhish qotillikdan so‘ng O‘zbekistonga qochib kelgan. Istanbul politsiyasi va O‘zbekiston huquq-tartibot organlari hamkorligida u qo‘lga olingan.
Tergov jarayonida qotil o‘z aybiga iqror bo‘lib, “U meni aldadi, meni uni sevardim” kabi so‘zlar bilan o‘zini oqlashga harakat qilgan.
Gumonlanuvchi hozirda O‘zbekistonda tergov qilinmoqda.