88 yoshida o‘qish‑yozishni o‘rgangan onaxon

88 yoshida o‘qish‑yozishni o‘rgangan onaxon
  • 3
  • 06.11.2025 15:02:00
  • 1 min read

Turkiyaning Malatya viloyatida yashovchi Emine Gench 88 yoshida hayotida ilk bor o‘qish‑yozishni o‘rgandi. Bunga turmush o‘rtogining: “o‘z ismingni ham yoza olmaysan” degan so‘zlari sabab bo‘lgan. Bolaligida otasi uni maktabga yubormaganligi sababli o‘qimagan Gench tuman xalq ta’limi bo‘limiga murojaat qilgan va atigi uch oy ichida o‘qish‑yozishni o‘rganib, ism‑familiyasini yozishni uddalagan. Maktab ma’muriyati uning bu muvaffaqiyatini yuqori baholab, unga sertifikat topshirgan. Emine ona nafaqat o‘zini, balki barcha yoshdagi ayollarni ilhomlantirgan qahramonga aylandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News