2026-yilning eng zamonaviy iti aniqlandi

2026-yilning eng zamonaviy iti aniqlandi
  • 1
  • 21.08.2026 10:56:00
  • 1 min read

Vogue jurnalining eng zamonaviy itni aniqlaydigan Dogue tanlovi yakunlandi. Dunyo bo‘ylab minglab itlar orasidan 25 nafari finalga yo‘l oldi. G‘olib esa Ser Spad laqabli italyan greyhaundi bo‘ldi.
Hakamlar itlarni surat kompozitsiyasi, surat orqali uning xarakterini namoyon eta olishi va o‘ziga xos qobiliyatlari bo‘yicha baholagan.
Ser Spad dastlab o‘zining mukammal qaddi-qomati, keyin esa “aqlli va sinchkov ko‘zlari” bilan hakamlarni rom etgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News