To‘yida ko‘z yoshini tiya olmagan kuyov

To‘yida ko‘z yoshini tiya olmagan kuyov
  • 0
  • 14.10.2025 16:16:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimida onasini quchoqlab yig‘lagan kuyov aks etgan video tarqaldi. Video tezda ommalashib, foydalanuvchilar o‘rtasida hazil aralash muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari: “kuyov baxtdan yig‘layapti”, - deb yozgan bo‘lsa, boshqalar “uni majburlab uylantirishyapti shekilli”, - deya fikr bildirgan. Yana ba’zilar esa “kuyov uylanayotganga emas, go‘yo turmushga chiqayotganga o‘xshaydi”, - deb hazillashgan. Videoning qayerda va qachon olingani noma’lum, biroq u qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p tomosha qilingan videolardan biriga aylangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News