Madaniy meros agentligi Alisher Qodirov bayonotlariga munosabat bildirdi

Madaniy meros agentligi Alisher Qodirov bayonotlariga munosabat bildirdi
  • 6
  • 21.09.2026 14:56:00
  • 1 min read

Madaniy meros agentligi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirovning madaniy meros obyektlarining holati va ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan munosabat yuzasidan bildirgan bayonotlariga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Alisher Qodirov o‘zining telegram kanalida Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdahqon va boshqa madaniy meros obyektlarining holati bo‘yicha qator savollarni ilgari surgan. Jumladan, Sarmishsoyga katta mablag‘ sarflanganiga qaramay, hududning ayrim qismlari qarovsiz qolayotgani, Shohizindaga yaqin hududdan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining obyektga ta’siri, Buxorodagi qadimiy Qur’on nusxasining saqlanish sharoiti hamda Dovon davriga oid meros obyektlari joylashgan hududlardan foydalanish masalalariga aniqlik kiritishni so‘ragan.
Qodirov, shuningdek, madaniy meros obyektlarini asrashga ajratilayotgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan parlamentda batafsil hisobot berilishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Agentlik tanqid va savollardan qochmasligini, biroq jamoatchilik muhokamalarida tanqid, fakt va da’volar hujjatlar asosida tekshirilishi lozimligini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan Qodirov tomonidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq raqamlar, qarorlar va amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berilishini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News