O‘zbekistondagi birinchi pulli avtomobil yo‘lining yo‘l haqi ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi birinchi pulli avtomobil yo‘lining yo‘l haqi ma’lum qilindi
  • 4
  • 20.08.2026 20:07:00
  • 1 min read

Urganch–Xiva pulli yo‘lida yengil avtomobillar uchun to‘liq yo‘nalish bo‘yicha yo‘l haqi 25 ming so‘m etib belgilandi. Qisqa — “Turkmanli” mahallasidan Xivagacha bo‘lgan yo‘nalish narxi esa 20 ming so‘m.

3,5–12 tonnalik yuk avtomobillari, yengil yuk mashinalari va avtobuslar uchun to‘liq yo‘nalish 40 ming so‘m, qisqa yo‘nalish esa 25 ming so‘m turadi.

Yo‘l haqi avtomobillarni to‘xtatmasdan elektron tarzda undiriladi. Tizim hozir sinov rejimida ishlamoqda va 25-avgustdan to‘liq ishga tushadi.

Pulli trassada maksimal tezlik 150 km/soat, minimal tezlik esa 40 km/soat etib belgilangan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News