Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni chiqaradi
  • 2
  • 23.09.2026 15:59:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarni muomalaga chiqaradi.
Tangalarda Samarqanddagi Tillakori madrasasi me’moriy elementlari va shaxmat donalari tasvirlangan. Oltin va kumush tangalar yonma-yon qo‘yilganda Registon maydoni peshtoqining yaxlit tasviri hosil bo‘ladi.
Har ikki tanga 999,9 probali oltin yoki kumushdan tayyorlanadi. Ularning og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati esa 100 ming so‘m.
Dastlab 100 dona oltin va 500 dona kumush tanga chiqariladi. Talabga qarab ularning tiraji oshirilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News