Telegram Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochadi

Telegram Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochadi
  • 2
  • 03.10.2025 07:27:00
  • 1 min read

Telegram asoschisi Pavel Durov Ostona shahrida o‘tkazilgan Digital Bridge 2025 forumida Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochilishini e’lon qildi. Yangi markaz Alem.ai binosida joylashib, blokcheyn va neyrotarmoqlarni birlashtirgan texnologiyalar ustida ishlaydi.
Forum davomida Durov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashib, kiberxavfsizlik, ta’lim va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlikni muhokama qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News