Endi o‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin

Endi o‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
  • 3
  • 18.09.2026 16:41:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik qilgan pedagoglarga nisbatan ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Tegishli qonun 11-sentabr kuni prezident tomonidan imzolandi.
Endilikda bolani kaltaklash, kamsitish yoki xo‘rlash kabi harakatlar uchun BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha, ya’ni 440 ming so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha jarima solinadi.
Bundan tashqari, zo‘ravonlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsga bir yil davomida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Mazkur cheklov bog‘cha, maktab, professional ta’lim va bolalar qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida ishlashga ham tatbiq etiladi.
Qonundagi o‘zgarishlar bolalarni ta’lim muassasalarida zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News