Olmaliqda o‘quvchilarning peshonasiga “2” yozgan o‘qituvchi hayfsan oldi

Olmaliqda o‘quvchilarning peshonasiga “2” yozgan o‘qituvchi hayfsan oldi
  • 0
  • 08.10.2025 14:42:00
  • 1 min read

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi 7-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi 3-sinf o‘quvchilarining peshonasiga “2” baho yozgani aniqlandi. Viloyat ta’lim boshqarmasi tekshiruv o‘tkazib, holat tasdiqlanganini bildirdi. O‘qituvchi dars tayyorlamagan o‘quvchilarni jazolash maqsadida bu ishni qilganini tan olgan. Uning yoshligi va pushaymonligi inobatga olinib, unga hayfsan intizomiy jazo qo‘llandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News