
- 0
- 20.10.2025 15:01:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘qituvchi futbolka kiyib kelgan o‘quvchini urib, yelkasini sindirgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hodisa yuzasidan izoh berib, voqea nazoratga olinganini ma’lum qildi. Hozirda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tafsilotlar o‘rganilmoqda.