
- 2
- 18.08.2026 16:29:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi va yo‘lovchi ayol o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mojaro yo‘lovchining farzandi avtomobil o‘rindig‘ini tepib ketayotgani sabab boshlangan. Haydovchi ayoldan bolani tinchlantirishni so‘ragan. Shu bilan o‘rtasida og‘zaki mojaro kelib chiqqan.
Shundan so‘ng haydovchi ayoldan avtomashinadan tushishni so‘ragan. Biroq ayol bu talabni bajarmasdan, voqea joyiga bloger tanishlarini chaqirgan. Hodisa joyiga yetib kelgan ushbu shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, jamoat tartibini buzgan holda haydovchi bilan o‘zaro janjallashib ketgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Holat Toshkent shahar IIBB nazoratiga olingan. Tekshiruv yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan.