
- 4
- 04.09.2026 19:55:00
- 1 min read
Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida yo‘lning o‘pirilishiga yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, diametri 219 mm bo‘lgan gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planib, avariya holatini yuzaga keltirgan. Tekshiruvda quvurning taxminan 375 kvadrat santimetr maydonida bir nechta joydan gaz sizib chiqayotgani aniqlangan.
Avvalroq kommunal xizmatlar, jumladan, “Hududgaz Poytaxt” ushbu hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan bog‘liq emasligini bildirgandi.
Hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangan, avtomobillarga zarar yetgan. Hozirda mutaxassislar voqea sabablarini o‘rganmoqda. Yo‘l qoplamasi tiklangach, ko‘cha transport harakati uchun ochiladi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.