Toshkent — Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillar qatorida

Toshkent — Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillar qatorida
  • 2
  • 06.11.2025 08:16:00
  • 1 min read

Xalqaro Condé Nast Traveler jurnali Toshkentni “2026-yilda Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar” ro‘yxatiga kiritdi.
Nashr ta’kidlashicha, shahar o‘zining tarix va zamonaviylik uyg‘unligi, qadimiy madrasalar, bozorlar hamda yangi madaniy maydonlari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Toshkent bugun Markaziy Osiyoning madaniy turizm markaziga aylanib bormoqda.
Jurnal “Islom sivilizatsiyasi markazi” va “Zamonaviy san’at markazi” kabi yangi obyektlar ochilishi poytaxtni tarixiy meros bilan bir qatorda zamonaviy san’atni o‘rganish maskaniga aylantirganini qayd etdi.
Bugungi kunda Toshkent sayyohlar uchun nafaqat O‘zbekiston bo‘ylab sayohatning boshlang‘ich nuqtasi, balki mustaqil sayyohlik yo‘nalishi sifatida ham jozibador sanaladi.

Joriy yilning 9 oyida mamlakatga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist bashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 112,5 foiz ko‘p.
2025-yilda turizm eksporti 3,6 milliard dollardan oshib, tarixiy rekord qayd etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News