Suriya Bashar Asadni hibsga olmoqchi

Suriya Bashar Asadni hibsga olmoqchi
  • 2
  • 29.09.2025 12:50:00
  • 1 min read

Damashq sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni 2011-yilda Dar’a viloyatida hukumatga qarshi namoyishlarni qonli tarzda bostirgani uchun hibsga olishga order chiqardi. Sud uni qasddan odam o‘ldirish, qiynoqlar va noqonuniy hibslar bo‘yicha ayblamoqda. Ushbu order Asadni Interpol orqali xalqaro qidiruvga berish imkonini yaratadi. Asad o‘tgan yil dekabr oyida isyonchilar hokimiyatini egallagach, Rossiyaga qochib ketgan va u yerda boshpana topgan. 2011-yilda boshlangan noroziliklar esa Suriyada keng ko‘lamli fuqarolar urushiga sabab bo‘lgan. “Sednaya” qamoqxonasida 2011-yildan 2018-yilgacha 30 mingdan ortiq mahbus qiynoqlar yoki ochlikdan halok bo‘lgan. Avvalroq, Fransiya Asadga qarshi chiqarilgan orderni bekor qilgan bo‘lsa-da, 2025-yil yanvar oyida uni insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha yana xalqaro qidiruvga berdi

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News