
- 2
- 02.09.2026 13:50:00
- 1 min read
Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida 60 metr uzunlikdagi Pongpet osma ko‘prigi ochilish marosimi vaqtida qisman qulab tushdi.
Ko‘prikka bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq kishi — mahalliy amaldorlar va aholi chiqdi. Shunda ko‘prikning chap tomonidagi osma tros asosiy mahkamlash joyidan chiqib ketdi.
Natijada ko‘prik qiyshayib, osilib qoldi va bir qismi qulab tushdi. Undagi ayrim odamlar daryo o‘zaniga va qoyalarga yiqildi. Qurbonlar bo‘lmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘prikda bir vaqtning o‘zida 3 kishidan ko‘p piyoda yoki 1 ta mototsikl harakatlanishi mumkin edi. Biroq ochilish marosimida bu cheklovga amal qilinmagan.