Sudanda harbiy samolyot uylar ustiga qulab tushdi

  • 6
  • 27.02.2025 09:03:00
  • 1 min read

25-fevral kuni Sudan armiyasiga tegishli “Antonov” samolyoti texnik nosozlik sabab Omdurman shahri shimolidagi aholi yashaydigan hududda halokatga uchradi. Oqibatda 40 dan ortiq kishi, jumladan, harbiylar va tinch aholi halok bo‘ldi. Jabrlanganlar kasalxonaga yetkazilgan. Sudan armiyasi samolyot aviabazadan ko‘tarilayotgan paytda qulaganini ma’lum qildi. O‘t o‘chiruvchilar halokat joyidagi yong‘inni bartaraf etgan. Hozirda vayronalar ostidan odamlarni qidirish ishlari olib borilmoqda. Guvohlar samolyot qulagan hududdagi bir nechta uylarga zarar yetganini aytmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News