Metan şoxobçasida qarovsiz qoldirilgan Damas olib qoçildi

Metan şoxobçasida qarovsiz qoldirilgan Damas olib qoçildi
  • 0
  • 28.11.2026 15:22:00
  • 1 min read

Xorazm viloyatining Urganç tumanida fuqaro özining Damas 2 avtomaşinasini metan şoxobçasining kutiş maydonida oçiq va qarovsiz qoldirgan. Bundan foydalangan noma’lum şaxs maşinani olib qoçgan.

Içki işlar organlari xodimlari olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida gumonlanuvçi 1998 yilda tuğilgan N.J. ekani aniqlangan. U maşinani mast holatda olib qoçib, Yangibozor tumanidagi avtomoyka yonida qulflangan holda qoldirgan va voqea joyidan yaşiringan.

Uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi qamoqqa olingan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News