
- 2
- 28.11.2026 14:45:00
- 1 min read
Eronda 2026-yil yanvar oyida hukumatga qarşi namoyişlarda qatnaşgan 21 yoşli egizak opa-singillarga nisbatan sud hukmi çiqarildi. Ularning biri Taraneh Rahimiy ölim jazosiga, singlisi esa 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Maʼlum qilinişiça, opa-singillar yanvar oyi oxirida hibsga olingan. Ularning yaqinlari uç oydan ortiq vaqt davomida qizlarning qayerda saqlanayotgani haqida maʼlumot ololmagan. Onasi ular bilan faqat may oyida uçraşa olgan. Taranehga Eronda “Xudoga qarşi uruş olib booriş” maʼnosini anglatuvçi “moharebe” moddasi böyiça ayblov qöyilgan. Mazkur jinoyat uçun mamlakat qonunçiligida ölim jazosi belgilangan. Romina esa jinoyatga şeriklikda ayblanib, 25 yilga qamalgan.
Opa-singillarning yaqinlari ularning hibsda bölgan vaqtida qiynoqlar va bosimga duç kelganini bildirgan. Xususan, tergovçilar Taranehni aybini tan olişga majburlaş uçun uning köz öngida singlisiga nisbatan jinsiy zöravonlik qiliş bilan tahdid qilgan. Taraneh sudda körsatmalarni qiynoqlar taʼsirida berganini maʼlum qilgan.