Balkondan tushib ketay degan bolakayni qutqargan talaba taqdirlandi

Balkondan tushib ketay degan bolakayni qutqargan talaba taqdirlandi
  • 1
  • 20.10.2025 15:10:00
  • 1 min read

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda balkondan tushib ketishiga bir bahya qolgan bolakay videosi tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Onasi kichik bolalarini tashlab ko‘chaga chiqib ketgan payt, bolalar balkonda yolg‘iz o‘ynab yurishgan va ularning kichkinasi balkon panjarasidan boshini tiqib, pastga yiqilishiga bir bahya qolgan. Yaxshiyamki, qo‘shni yigit chaqqonlik bilan bolani qutqarib olgan. Bolakayni qutqargan qahramon yigit Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi ekani ma’lum bo‘ldi va u Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi. Vazir 18-oktabr kuni Muhriddin Ilashovga uning mardligi va fidoyiligini e’tirof etib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirdi. Bolalarini qarovsiz qoldirgan ona bilan esa profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News