Afg‘onistonda kuchli zilzila: qurbonlar bor

Afg‘onistonda kuchli zilzila: qurbonlar bor
  • 0
  • 03.11.2025 10:20:00
  • 1 min read

3-noyabr kuni Afg‘oniston shimolida, Mozori Sharif shahri yaqinida 6,3 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi 28 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Zilzila Balx, Samangan, Kobul, Tohar, Qunduz va Sarpul viloyatlarida kuchli sezilgan, tebranishlar esa Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Pokiston, Eron va Hindistonning ayrim hududlarida ham qayd etilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News