
- 3
- 02.09.2026 13:55:00
- 1 min read
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga jismoniy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar o‘rganilgach, 6 nafar tarbiyachi va 1 nafar hamshira lavozimidan ozod qilindi. Bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, xodimlar faoliyatini yetarlicha nazorat qilmagan mas’ullarga intizomiy choralar ko‘rildi. Markaz hududidagi o‘yin maydonlariga qo‘shimcha kuzatuv kameralari o‘rnatildi.