Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyev tashrifiga alohida ehtirom ko‘rsatildi

Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyev tashrifiga alohida ehtirom ko‘rsatildi
  • 13
  • 17.09.2026 12:18:00
  • 1 min read

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar va tadbirlar haqida ma’lumot berdi.


Tashrif doirasida “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti o‘tkazildi. Unda Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashib, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

 


Shuningdek, prezident Koreyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Li Uk Xyon bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik, shuningdek, avval amalga oshirilgan loyihalar haqida suhbatlashildi.

 


Tashrif arafasida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spikeri uchun koreys tiliga tarjima qilingan “Mirziyoyev doktrinasi” kitobiga dastxat yozib berdi.

 

 

Koreya tomoni prezident tashrifiga alohida tayyorgarlik ko‘rgan. Seuldagi Lotte World Tower va teleminorada O‘zbekiston bayrog‘i tasvirlari namoyish etildi. Shuningdek, O‘zbekiston bayrog‘i ranglaridagi dirijabl uchirildi, prezident qarorgohi oldidagi favvorada esa O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i aks ettirildi.

 


Sherzod Asadov mazkur tadbirlarni Koreya tomonining O‘zbekistonga bo‘lgan hurmati va mehmondo‘stligining ifodasi sifatida baholadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News