
- 2
- 03.10.2025 09:28:00
- 1 min read
Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Ilon Maskning boyligi 500 milliard dollarga yetib, tarixdagi ilk yarim trillionerga aylandi. Maskning boyligi dastlab yarim trillion dollarga yetgan. Keyinchalik esa bu ko‘rsatkich 499,1 milliard dollargacha pasaygan. Mask Larri Ellisondan 150 milliard dollarga boyroq bo‘lib, dunyodagi ilk trillioner bo‘lishga eng yaqin nomzod hisoblanadi.
Maskning boylik manbalari:
Tesla: 12% ulushi, 191 milliard dollar
SpaceX: 42% ulushi, 168 milliard dollar
xAI Holdings: 53% ulushi, 60 milliard dollar
Tesla aksiyalari qadri oshishi Maskga qo‘shimcha 9,3 milliard dollar daromad keltirdi.