
- 6
- 15.10.2025 16:06:00
- 1 min read
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasida avtobusda harakatlanib, yo‘l va transport infratuzilmasidagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi. Safar davomida davlat rahbari yo‘lovchilardan yangilangan yo‘llar va avtobuslar haqida fikr so‘radi. Eslatib o‘tamiz, Shota Rustaveli ko‘chasi yaqinda keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirilgan. Bu yerda avtobuslar uchun alohida yo‘lak ajratildi va harakat sxemasi yangilandi.