Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefonda gaplashdi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefonda gaplashdi
  • 2
  • 05.10.2025 15:40:00
  • 1 min read

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, birodar Tojikiston xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

Davlat rahbari Tojikiston Prezidentining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi o‘rnini qayd etib, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida ta’kidladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki davlatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi va kun tartibi ham muhokama qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News