
- 1
- 24.08.2026 17:44:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga ikkita an’anaviy o‘zbek shiyponini sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi.
Milliy hunarmandchilik uslubida tayyorlangan shiyponlar Vashingtonga yetkazilgan va G‘arbiy Potomak parkida tashkil etilishi rejalashtirilgan Amerika Qahramonlari milliy bog‘iga o‘rnatilmoqda.
O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Siddiqovning aytishicha, shiyponlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik ramzi sifatida bog‘ning bir qismiga aylanadi.