
- 2
- 26.08.2026 15:35:00
- 1 min read
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida nutq so‘zlab, 35 yil tarix uchun qisqa davr bo‘lsa-da, bu vaqt ichida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar asrga tatigulik bo‘lganini ta’kidladi.
Davlat rahbari mamlakatdagi o‘zgarishlarning asosiy muallifi mehnatkash xalq ekanini qayd etdi. U fermer va dehqonlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, olimlar, tadbirkorlar, quruvchilar, madaniyat va san’at vakillari, harbiylar hamda davlat xizmatchilarining hissasini alohida ta’kidladi.
Prezidentning ma’lum qilishicha, so‘nggi 10 yilda O‘zbekistonga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kiritilgan. Mamlakat iqtisodiyoti hajmi 2,5 barobardan ziyod oshgan, joriy yilda yalpi ichki mahsulot 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Shuningdek, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida 5,7 millionta doimiy ish o‘rni yaratilgani, 650 ming oila yangi uy-joy bilan ta’minlangani ma’lum qilindi.
Prezident mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun o‘zbek xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.