
- 3
- 08.10.2025 14:45:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Davlat rahbari sammitda turkiy dunyo birdamligini mustahkamlash va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan: 🔹 Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni; 🔹 Tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlar rahbarlarining uchrashuvini 2026-yilda Samarqandda o‘tkazishni; 🔹 “Turkiy davlatlar 2030 strategiyasi”ni ishlab chiqishni; 🔹 “Sanoat alyansi”, “Yashil yo‘laklar” tizimi va “Yashil transformatsiya” konsorsiumini tuzishni; 🔹 Turkiy davlatlar xalqaro universitetini O‘zbekistonda tashkil etishni taklif etdi. Sammit yakunida TDT davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi.