
- 4
- 10.10.2025 16:47:00
- 1 min read
10-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishda Hamdo‘stlik doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Prezident Mirziyoyev o‘z nutqida global siyosatdagi beqarorlikka qaramay, MDH o‘zining barqarorligi va zarurligini isbotlayotganini ta’kidlab, iqtisodiy sheriklikni yanada kuchaytirish uchun to‘rtta ustuvor yo‘nalishni ilgari surdi: 1️⃣ Savdo aloqalarini kengaytirish — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda tartib-taomillarni soddalashtirish, texnik to‘siqlarni kamaytirish. 2️⃣ Transport infratuzilmasini rivojlantirish — integratsiyalashgan logistika markazlarini yaratish va davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish. 3️⃣ Investitsiya hamkorligini kuchaytirish — “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish, “MDH Venchur platformasi”ni yaratish va Toshkentda Innovatsion sanoat forumi o‘tkazish. 4️⃣ Energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish. Prezident, shuningdek, MDH mamlakatlari bilan o‘tgan yilda tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuv va qarorlar to‘plami imzolandi.