Shavkat Mirziyoyev va Li Je Myong O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligini kengaytirishni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Li Je Myong O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligini kengaytirishni muhokama qildi
  • 20
  • 14.09.2026 16:24:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seulda Janubiy Koreya Prezidenti Li Je Myong bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo, investitsiya, muhim minerallar, transport, infratuzilma, energetika, AKT, tibbiyot va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.


Tashrif doirasida umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik loyihalar tayyorlangani ma’lum qilindi. Shuningdek, Koreya Eksimbanki bilan 8 milliard dollarlik Strategik hamkorlik dasturi qabul qilindi.
Ikki davlat ilg‘or texnologiyalar asosida innovatsion va texnologik alyansni shakllantirishga kelishib oldi. Shuningdek, 2027-yilni “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News