Surxondaryoda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan bir necha shaxs ushlandi

Surxondaryoda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan bir necha shaxs ushlandi
  • 2
  • 22.08.2026 12:11:00
  • 1 min read

Surxondaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami qariyb 3 kilogramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Denov tumanida bir fuqaroning uyidan sotish uchun saqlangan 1 kilogramm 7 gramm opiy va 998 gramm gashish topilgan. Yana ikki fuqaro 491 gramm gashishni 85 million so‘mga sotayotgan paytda ushlangan.

Termiz shahrida esa 2003-yilda tug‘ilgan Afg‘oniston fuqarosi 506 gramm opiyni 2,5 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u narkotik moddani Afg‘onistondan O‘zbekistonga ichki organiga yashirib olib kirgan.

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News