
- 9
- 12.10.2026 13:37:00
- 1 min read
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 7 nafar fuqaro qutqarildi.
Toshkent viloyati FVB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida 11-oktabr kuni soat 13:26 da 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni topgan va xavfsiz hududga olib tushgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.