AQSHning Sietl shahrida 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” bo‘ladi

AQSHning Sietl shahrida 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” bo‘ladi
  • 3
  • 28.08.2026 16:01:00
  • 1 min read

AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Qaror O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan.

Rasmiy proklamatsiyada O‘zbekistonning 35 yil davomida erishgan taraqqiyoti, mintaqadagi iqtisodiy salohiyati va Sietl bilan savdo, investitsiya, texnologiya hamda boshqa sohalardagi hamkorlik imkoniyatlari qayd etilgan.

Shuningdek, Sietlda O‘zbekistonning AQSH G‘arbiy sohilidagi birinchi Bosh konsulxonasi ochilayotgani ta’kidlangan.

Konsulxonaning rasmiy ochilish marosimi 4-sentabr kuni Sietlda bo‘lib o‘tadi. Unda mahalliy rahbariyat, diplomatlar, biznes va akademik doira vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News