Olimlar Boliviyada yangi mushuk turini aniqladi

Olimlar Boliviyada yangi mushuk turini aniqladi
  • 2
  • 19.09.2026 09:48:00
  • 1 min read

Boliviyaning tog‘li o‘rmonlarida fanga noma’lum yangi yovvoyi mushuk turi aniqlandi. Olimlar uni genetik tadqiqotlar orqali alohida tur ekanini tasdiqladi. Bu so‘nggi yuz yildan ortiq vaqt ichida rasman aniqlangan ilk yangi mushuksimon tur hisoblanadi.
Mahalliy aholi uni Tilkayo deb ataydi. Ilmiy nomi esa Leopardus tilcayo deb berilgan. Jonivor Boliviyaning nam va bulutli Yungas tog‘ o‘rmonlarida yashaydi.
Tilkayoning uzunligi taxminan 46 santimetr, vazni esa 1,4 kilogramm. Uning mo‘ynasi och jigarrang bo‘lib, tanasida leopardnikiga o‘xshash dog‘lari bor. Olimlar Janubiy Amerikaning turli hududlaridan olingan 38 ta mushukning DNKsini tahlil qilib, yo‘lbars mushuklar aslida 5 ta alohida turdan iborat ekanini aniqlagan.
Tadqiqotga ko‘ra, Tilkayo boshqa yo‘lbars mushuklardan taxminan 1,4 million yil avval ajralib chiqqan. Uning hayot tarzi haqida hozircha kam ma’lumot bor, ammo kuzatuvlar jonivor asosan tunda faol bo‘lishini ko‘rsatgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News