G‘azoda urushdan so‘ng maktablar qayta ochildi

G‘azoda urushdan so‘ng maktablar qayta ochildi
  • 0
  • 03.11.2025 10:22:00
  • 1 min read

G‘azoda ikki yillik urushdan keyin o‘quv jarayoni tiklana boshladi. BMTning Falastin qochqinlari agentligi (UNRWA) ma’lumotiga ko‘ra, tinchlik kelishuvi kuchga kirgach, ayrim maktablarda darslar qayta boshlandi. Hozircha 25 mingdan ortiq bola “vaqtinchalik ta’lim markazlari”da o‘qishni boshlagan, 300 mingga yaqin o‘quvchi esa onlayn ta’lim olmoqda.
Nuseyrat shahridagi Al-Hassaina maktabida 1-noyabrdan darslar boshlangan. Urush paytida bu bino ko‘plab oilalar uchun boshpana bo‘lgan, hozir ham ayrimlari shu yerda yashamoqda. Sinf xonalari va partalar yetishmagani sabab bolalar polda o‘tirib o‘qishmoqda. 
Hozircha G‘azodagi maktablarda arab tili, ingliz tili va matematika fanlari o‘qitilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News