Toshkentda maktab qo‘riqchisi 12 yoshli qizga shahvoniy shilqimlik qildi

Toshkentda maktab qo‘riqchisi 12 yoshli qizga shahvoniy shilqimlik qildi
  • 13
  • 24.09.2026 17:35:00
  • 1 min read

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi maktablardan birida 23 yoshli qo‘riqchi 12 yoshli 6-sinf o‘quvchisiga shahvoniy shilqimlik qilgan.
Hodisa 15-sentabr kuni soat 15:30 atrofida sodir bo‘lgan. Sud hujjatiga ko‘ra, qo‘riqchi qizning belidan ushlab, labidan o‘pgan.
Surishtiruv organi holatni shahvoniy shilqimlik qilish bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholab, ishni sudga yuborgan. Biroq sud holatda jinoyat alomatlari bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelib, ishni prokurorga qaytargan. Sud qarorida voqea holatlari to‘liq tekshirilishi va qo‘riqchining harakatlariga huquqiy baho berilishi kerakligi qayd etilgan.
Hozircha ish bo‘yicha yakuniy jinoyat-huquqiy baho berilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News