Maktablarda darslar 2-sentabrdan boshlanadi

Maktablarda darslar 2-sentabrdan boshlanadi
  • 2
  • 20.08.2026 17:10:00
  • 1 min read

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yili 2-sentabr, chorshanba kuni boshlanadi.
Bu yil 1-sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga “Prezident sovg‘asi” topshiriladi. To‘plamga o‘quv sumkasi, daftar, ruchka, qalam, rangli qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv qurollari kiradi. Yangi o‘quv yilida mamlakatdagi 10 225 ta maktabda 6,7 milliondan ortiq o‘quvchi ta’lim olishi kutilmoqda. Ularga 550 mingdan ortiq pedagog dars beradi.

Akademik litsey va texnikumlarda ham darslar 2-sentabrdan boshlanadi. OTMlarda esa 1-bosqich talabalari 7-sentabrdan, yuqori bosqich talabalari 14-sentabrdan o‘qishga kirishadi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News